Ramzan Qodirov 12 bor ota bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishChecheniston rahbari Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oilasida to‘rtinchi o‘g‘il dunyoga keldi, oilada 12 farzand bo‘lgan chaqaloqqa Abdulloh deya ism qo‘yishdi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Checheniston rahbarining o‘g‘il farzand ko‘rgani haqidagi yangilik bilan respublika parlamenti raisi Magomed Daudov o‘zining Instagram sahifasida bo‘lishgan.

 

Daudov Qodirov va uning oilasini dunyoga kelgan yangi mehmon bilan tabriklab, "u munosib avlod davomchisi bo‘lsin" deya tilak bildirgan.

OAVlardan aytilishicha, chaqaloq 3,35 kg vazn bilan tug‘ilgan.

O‘n ikkinchi bor ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan Ramzan Qodirov oilasida shu tariqa to‘rtinchi o‘g‘il dunyoga keldi.

Yangiliklar lentasi
0