AQSh-O‘zbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar rivojlanishining 25-yilligiga bag‘ishlangan kitob nashr etildi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Respublika ijtimoiy-siyosiy adabiyotida ilk bor ikki mamlakat o‘rtasidagi asosiy voqealar, muhim faktlar va sanalar umumlashtirilib, bir tizimga solingan holda nashr etildi.

"AQSh-O‘zbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda. 1992-2016" kitobi Mavlon Shukurzoda mehnatining ana shunday mahsuli hisoblanadi. Kitob "Niso-Roligraf" nashriyotida chop etildi.

Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh: Umid qilamizki Mirziyoyev mamlakatda islohotlar o‘tkazadi

Muallif ikki mamlakatning o‘tgan 25-yillik hamkorligi davomidagi o‘zaro aloqalari tarixiga oid eng muhim faktlar va raqamlarni jamlash, umumlashtirish va tizimlashtirishga harakat qilgan. Natijada diplomatik aloqalar tarixini namoyish etuvchi eng qiziqarli va rangdor fotosuratlarning keng to‘plami tasvirlangan ikki tomonlama munosabatlarning qisqacha ma’lumotnomasi yaratildi.

Ushbu kitobda manba sifatida davlat tuzilmalarining siyosiy va qonunchilikka oid ma’lumotlari, turli ilmiy-tahlil markazlari, xalqaro va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar, Do‘stlik jamiyatlarining norasmiy manbalari, ommaviy axborot vositalari, internet-resurslar va ma’lumotnomalar, mutaxassislar va ekspertlar bilan shaxsiy muloqotlardan foydalanilgan.

Yangiliklar lentasi
0