O‘zbekiston yoshlari #NavoiyDay xeshtegini jahon trendiga chiqarmoqchi

© Sputnik / Ilyasov / Mediabankka o‘tishDekorativnoe keramicheskoe blyudo "Alisher Navoi"
Dekorativnoe keramicheskoe blyudo Alisher Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"E-yoshlar" - tashabbuschi yoshlar guruhi 9-fevral kuni #NavoiyDay va 14-fevral kuni #BoburDay xeshtegini jahon trendlari qatoriga chiqarmoqchi.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston yoshlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunlarini o‘ziga xos ravishda kutib olishga qaror qilishdi.

E-yoshlar — tashabbuschi yoshlar guruhi 9-fevral kuni #NavoiyDay va 14-fevral kuni #BoburDay xeshtegini jahon trendlari qatoriga chiqarishni niyat qilgan.
Ushbu tashabbu s doirasida Twitter, Instagramm va Facebook foydalanuvchilari 9-fevral kuni soat 9:00 dan va 14-fevral kuni 14:00 dan boshlab  #NavoiyDay va #BoburDay xeshteglari ishlatilgan xabarlar qoldira boshlaydi.

Xabarlar soni birn necha o‘n mingdan oshganida xeshteglar ijtimoiy tarmoqlarning bosh sahifasida, dunyoning eng ommabop trendlari qatorida ko‘rina boshlaydi.

​Eslatib o‘tamiz, «E-yoshlar» tashabbuskor guruhi o‘tgan yil ham #Navoiy575, #BoburDay,  #NavrUZ kabi trendlarni jahonning eng ommaviy trendlari qatoriga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu yil ham ular ushbu ishning uddasidan chiqishiga ishonchi komil.
Ushbu tashabbusda Instagram va Feysbuk ijtimoiy tarmoqlari ishtirokchilari ham qatnashishlari mumkin.

Ushbu munosabat bilan E-yoshlar O‘zbekistonlikda va chet elda o‘qiydigan talabalarni ijtimoiy tarmoqlarda #NavoiyDay va #BoburDay xeshteglari ishtirokida post qoldirib, tadbirda ishtirok etishga taklif qiladi.

Yangiliklar lentasi
0