Chet elda ishlayotgan15 nafar shifokor O‘zbekistonga qaytadi

© flikr.comVrach
Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, vrachlarga shu yilning o‘zida 340 ta turar-joy qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov chet elda faoliyat olib borayotgan vrachlarning 15 nafari O‘zbekistonda ish boshlashini ma’lum qildi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Press klub"da O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalar qanday amalga oshirilayotgani haqida hisobot berdi.

Uning aytishicha, chet ellarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining ro‘yxati tuzildi va ular bilan suhbat olib borilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi - tanqiddan bir oy o‘tib

"Avvalambor, xorijda faoliyat olib borayotganlar bizning talabimizga to‘g‘ri kelishi lozim, ya’ni O‘zbekistonda ishlashga o‘zida qiziqish bo‘lishi kerak. Qolaversa, halqaro miqyosda tajribali vrachlardan yiliga 250 tadan 500 tagacha operatsiyalar o‘tkazilishi talab qilinsa, bizda ham xuddi shunday. Bundan tashqari, motivatsiya masalasi ham bor", —dedi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, vrachlar va umuman tibbiyot xodimlariga yaxshi sharoit yaratish kerak. Viloyatlarda faoliyat olib borishlari uchun vrachlarga shu yilning o‘zida 340 ta turar-joy qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, oylik maoshni oshirish yo‘li bilan chet ellarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni jalb etish kerak.

Vazir so‘zida davom etar ekan, "Shu yilning o‘zida chet ellarda faoliyat olib borayotgan vrachlarning 15 nafari O‘zbekistonda ish boshlaydi", deb qo‘shimcha qildi.
Adham Ikromov OAV vakillari taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga qaytarilgan shifokorlar bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligini ham ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0