O‘zbekiston mahsuloti Moskva ko‘rgazmasida oliy mukofotni oldi

© Jahonnews.uz"Prodekspo-2017"
Prodekspo-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning vino mahsulotlari "Zvezda Prodekspo-2017" oliy nishoniga munosib deb topildi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari, sharbatlar va ular tayyorlanadigan xomasholar namoyishiga bag‘ishlangan XXIV "Prodekspo-2017" xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Dunyoning 50dan ziyod davlatidan 2000dan ortiq firma va kompaniyalar qatnashgan ko‘rgazmada "Prodekspo-2017" ma’muriyati tomonidan tashkillashtirilgan XIX Chashnachilik va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi Rosqishloqxo‘jaliknazorat tashkiloti bilan hamkorlikdagi "Eng yaxshi mahsulot-2017" tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning vino mahsulotlari tanlovning oliy mukofoti — "Zvezda Prodekspo-2017" oliy nishoniga, 17 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza medali va qator faxriy diplomlarga munosib deb topildi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xorijlik sheriklar bilan 82 million dollarlik shartnomalar imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0