TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin 64 yoshida Nyu Yorkda vafot etdi. Diplomat ish joyida, yurak bilan bog‘liq muammolar tufayli vafot etgan.
«Rossiya TIV katta afsus bilan ma’lum qiladiki, 20-fevral kuni 65 yoshga o‘tishiga 1 kun qolgan kunda, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Nyu-Yorkda to‘satdan vafot etdi», — deyilgan vazirlik xabarida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin diplomatning oila a’zolariga o‘z hamdardligini bildirdi. Peskov aytishiga qaraganda Putin Churkinning professional xususiyatlarini va diplomatik talantini juda yuqori baholagan.
Vitaliy Churkin 1952-yilda Moskvada tug‘ilgan. Diplomatik faoliyatini 1974-yilda boshlagan, 1992-1994 yillarda RF TIV rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlagan. 1994-1998 yillarda Rossiyaning Belgiya qirolligida elchisi, 1998-2003 yillarda Rossiyaning Kanadadagi elchisi bo‘lgan.
Churkin 2006-yilning 8-aprelidan Rossiyaning BMT va Xavfsizlik Kengashidagi maxsus vakili sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.