O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi tayinlandi

© podrobno.uzAsad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan
Asad Xodjayev - press-sekretar prezidenta respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asad Xo‘jayev prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari - prezident matbuot kotibi etib tayinlandi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Asad Xo‘jayev prezidentning davlat maslahatchisi o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bunga qadar u Bosh vazir ijroiya apparati rahbari, oldinroq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimida ishlagan.

Asad Xo‘jayev 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini elektr aloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

1995-2000 yillarda markaziy apparatning turli lavozimlarida ishlagan. 2001-2003 yillarda "O‘zbekiston pochtasi" davlat aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishladi.

2003 yilda Uzinfocom Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, 2004-2011 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari, 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori bo‘lib ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0