O‘zbekiston internatlari tarbiyalanuvchilari qishki olimpiadada qatnashishmoqda

© Sputnik / Valeriy MelnikovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov nomidagi Fond ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari, Mehribonlik uyi va internat tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan oila farzandlaridan tarkib topgan O‘zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasini homiy sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. 14 — 25-mart kunlari Avstriyada Butunjahon maxsus qishgi olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining Instagramdagi sahifasida xabar berdi.

S 14 po 25 marta v Avstrii proxodat Vsemirnie zimnie Igri Spetsialnoy Olimpiadi 2017 goda. V nix prinimayut uchastie 3000 atletov iz 110 stran, kotorie sorevnuyutsya v devati olimpiyskix vidax zimnego sporta. Chest nashey strani zashishayet sbornaya komanda Spetsialnoy olimpiadi Uzbekistana, predstavlennaya uchashimisya vspomogatelnix shkol, vospitannikami detskix domov i internatov i detey iz maloobespechennix semey. Nashi sportsmeni prinimayut uchastie v chetirex vidax sporta: figurnoe katanie, konkobejniy sport, beg na snegostupax i gornolijniy sport. Fond imeni Islama Karimova podderjivayet nashu sbornuyu v kachestve sponsora. Dorogie nashi sportsmeni, mi jelayem vam udachi! Pust eto uchastie prineset Vam radost i uverennost v svoix silax! Mi gordimsya vami! 🏅🏆🏅 14 – 25-mart kunlari Avstriyada Butunjahon maxsus qishgi olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yirik musobaqalarda sportning 9ta turi bo‘yicha jahonning 110 davlatidan tashrif buyurgan 3000ta atlet ishtirok etmoqda. Vatanimiz sharafini O‘zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasi himoya qilmoqda. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari, Mehribonlik uyi va internat tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan oila farzandlaridan tarkib topgan sportchilarimiz qishki sport musobaqalarining 4 xil turida ishtirok etmoqda: konkida yugurish, figurali uchish, qorga moslangan oyoq qobig‘ida yugurish va tog‘ chang‘i sporti. Islom Karimov nomidagi Fond bizning terma jamoamizni homiy sifatida qo‘llab quvvatlamoqda. Aziz va qadrdon sportchilarimiz, biz sizga katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Bu yilgi o‘yinlar sizga yangi yutuqlar istiqbolini ochib bersin! Biz siz bilan fahrlanamiz! 🏅🏆🏅 The Special Olympics World Winter Games 2017 are under way in Austria from 14 to 25 March with up to 3,000 athletes from 110 nations competing in this high-profile sporting event. Uzbekistan’s national team comprises students from special and boarding schools, children from orphanage homes and low-income families. Our athletes compete in figure skating, speed skating, snowshoeing and alpine skiing. The Islam Karimov Foundation is a sponsor of our national team. ➡️See comments' section below⬇️

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Mar 18 2017 v 9:45 PDT

 

"Sportchilarimiz qishki sport musobaqalarining 4 xil turida ishtirok etmoqda: konkida yugurish, figurali uchish, qorga moslangan oyoq qobig‘ida yugurish va tog‘ chang‘i sporti. Islom Karimov nomidagi Fond bizning terma jamoamizni homiy sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda. Aziz va qadrdon sportchilarimiz, biz sizga katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Bu yilgi o‘yinlar sizga yangi yutuqlar istiqbolini ochib bersin! Biz siz bilan faxrlanamiz!" — deb yozadi Lola Karimova.

Musobaqalarda sportning 9ta turi bo‘yicha jahonning 110 davlatidan tashrif buyurgan 3000ta atlet ishtirok etmoqda.

Respublika sharafini ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari, Mehribonlik uyi va internat tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan oila farzandlaridan tarkib topgan O‘zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasi himoya qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0