O‘zbekistonda tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Tugatilayotgan litseylarga yangi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinmaydi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ilgariroq O‘zbekistonda moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatilishi haqida xabar bergan edik.

Tugatilayotgan litseylar ro‘yxati quyidagicha:

Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 4 akademik litsey tugatilib, 54 tasi kasb-hunar kollejiga aylantiriladi
1. Andijon tibbiyot instituti qoshidagi №2 sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni 547)

2. Samarqand arxitektura-qurilish instituti qoshidagi №2 sonli akademik litsey (o‘quvchilar soni 173)

3. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi №2 sonli akademik litsey (o‘quvchilar soni 300)

4. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti qoshidagi akademik litsey (o‘quvchilar soni 307)

Ushbu litseylar yangi o‘quv yilidan boshlab tugatiladi. Ya’ni yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan o‘quv dargohlariga 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinmaydi. Ammo 2016-2017 yilgi o‘quv yilida 1 va 2 kurslarni tamomlagan o‘quvchilar bitirgunlariga qadar o‘qishlarini davom ettirishadi, deb yozgan "Darakchi" nashri.

Yangiliklar lentasi
0