Shanxayda birinchi o‘zbek restorani ochildi

© Sputnik / Vadim ShekunUzbekskaya kuxnya polzuyetsya u moskvichey osobennoy populyarnostyu. Yey otdayut predpochtenie mnogie zvezdi rossiyskoy estradi.
Uzbekskaya kuxnya polzuyetsya u moskvichey osobennoy populyarnostyu. Yey otdayut predpochtenie mnogie zvezdi rossiyskoy estradi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti hududida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy haykali ochildi. Bundan tashqari, Shanxay kutubxonasida ikki hafta davomida "Sehrli O‘zbekiston" ko‘rgazmasi o‘tkazildi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Xitoyning Shanxay shahrida "Xiva" nomli birinchi o‘zbek restorani ochildi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetining o‘zbek tili kafedrasi mudiri Li Ixayning aytishicha, endilikda nafaqat o‘zbek tilini o‘rganish, balki o‘zbek oshxonasining somsa, palov, manti kabi lazzatli taomlari ta’midan bahramand bo‘lish ham mumkin.

Bu Shanxayda o‘zbek madaniyati bilan bog‘liq dastlabki tadbir emas. Joriy yilda Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti hududida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy haykali ochildi. Bundan tashqari, Shanxay kutubxonasida ikki hafta davomida "Sehrli O‘zbekiston" ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0