Aeroflot Samarqandga doimiy parvozlar amalga oshiradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A321 aviakompanii "Aeroflot" sovershayet vzlet
Samolet Airbus A321 aviakompanii Aeroflot sovershayet vzlet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari umumiy qiymati 16 milliard bo‘lgan shartnomalar imzolashdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Aeroflot Moskvadan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu kelishuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga bo‘lgan tashrifi davomida imzolandi.

O‘zbekiston prezidentining fikriga ko‘ra, ushbu qadam Rossiyadan O‘zbekistonga borayotgan sayyohlar sonini oshirishga xizmat qiladi.

"Bu masala uzoq vaqt davomida hal qilinmayotgan edi, lekin biz irodali qaror qabul qildik", —  dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyada 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan bo‘ldi. Tashrif davomida umumiy qiymati 16 milliard bo‘lgan 55 hujjat imzolandi. Ushbu shartnomalar Rossiya va O‘zbekiston orasida madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy, xarbiy-texnik va xalqaro kun tartibiga doir ko‘plab masalalarni qamrab olgan.

Yangiliklar lentasi
0