TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Camarqand viloyati Jomboy tumanida 2017-yilning o‘tgan uch oyi davomida 58 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 taga kamaygan. Biroq jinoyatlarning firibgarlik, giyohvandlik, odam o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq turlari oshgan.
Ta’kidlanishicha, tumandagi mahallalarning 18 tasida jinoyatlar sodir etilgan.
Ayrim profilaktika inspektorlarining malakasizligi, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini hamda amaliy tajribasini oshirishga istagi va intilishi yo‘qligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida davlat va nodavlat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qilmaganligi, shuningdek, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.
Tumanni o‘rganish jarayonida 329 ta shar’iy nikohda bo‘lgan oilalar aniqlangan va bu oilalarning qonuniy nikohdan o‘tishi hamda farzandlarini tug‘ilganlik guvohnomalari bilan to‘liq ta’minlashga erishilgan.
Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar tushuntirish berishgan.