FIFA "Sho‘rtan" jamoasini birinchi ligaga tushirib yuborish talabini qo‘ydi

© Freshfocus / Mediabankka o‘tishLogotip FIFA
Logotip FIFA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu jazo "Sho‘rtan"ni joriy mavsumdagi ishtirokidan qat’iy nazar 2018-yilda qo‘llanilishi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. FIFAning O‘FFga yuborilgan xatida O‘FF 11-mayga qadar "Sho‘rtan"ga qo‘llanilgan jazo, 1-ligaga tushirib yuborish va uni amalga oshirganligi haqida xabar berishi aytilgan, deb yozadi championat.asia.

FIFA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston termasi FIFA reytingida yuqoriladi

Xabarda aytilishicha, bu jazo "Sho‘rtan"ni joriy mavsumdagi ishtirokidan qat’iy nazar 2018-yilda qo‘llanilishi kerak bo‘ladi.

Gap shundaki, "Sho‘rtan" 2011-yil jamoa safida harakat qilgan serbiyalik Urosh Miloslavlevichdan qolib ketgan qarzini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. U "Sho‘rtan"dan barcha pullarini ololmagani uchun FIFAga arznoma yuborgan.

FIFA bu holatni ko‘rib chiqib "Sho‘rtan"ni aybdor deb topgan va FIFA qaroriga ko‘ra, PFL 2016-yilning 4-sentabr kuni «Sho‘rtan»dan 3 ochko olib tashlab, klubni jiddiy ogohlantirgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0