TOShKENT, 17-may — Sputnik. Shu yilning 26-29 may kunlari polvonlar shahri Termizda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.
Shu yilning 26-29 may kunlari polvonlar shahri Termizda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIII xalqaro turnir kurashchi va kurash muxlislarini Surxondaryoga jamlaydi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari ko‘zga ko‘ringan polvonlari mazkur musobaqada ishtirok etish istagini bildirishgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.