Misrda qurollangan jangarilar nasroniylar bo‘lgan avtobusga hujum qilishdi

© SputnikVoorujennie boyeviki
Voorujennie boyeviki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Misr sog‘liqni saqlash vazirligining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujum natijasida 25 kishi halok bo‘ldi va 27 kishi jarohatlandi

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Misrda nasroniylar bo‘lgan avtobusga 10 dan ortiq jangarilar tomonidan qurolli hujum qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Qurolli hujum Misrning janubiy qismi El-Minya provinsiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Nasroniylar avtobusda Avliyo Samuil cherkovi tomon ketayotgan paytda hujumga uchragan.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston harbiylari tomonidan bir kunda 70 dan ortiq jangarilar yo‘q qilindi

Misr sog‘liqni saqlash vazirligining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujum natijasida 25 kishi halok bo‘ldi va 27 kishi jarohatlandi.

Jangarilar ikki avtomashinada avtobusga hujum qilishgan.

Hozirda Misr xavfsizlik kuchlari tomonidan voqea joyida tezkor operatsiya o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Misrning Tanga va Aleksandriya shaharlarida joylashgan nasroniylar cherkovlarida mudhish teraktlar sodir bo‘lgan edi.

Ushbu teraktlar oqibatida 35 kishi qurbon bo‘lgan va 120 kishidan ortiq jarohatlangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0