Mirziyoyev: jinoiy ishda ayblanuvchilarga O‘zbekistonda siyosiy boshpana berilmaydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘z fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinganligi bois boshpana izlayotgan shaxslarga va ularning oila a’zolariga siyosiy boshpana beriladi

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda jinoiy ish bo‘yicha ayblanayotgan shaxslarga siyosiy boshpana berilmaydi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan nizomda shunday ma’lumot mujassam, deb yozadi RIA Novosti.

"O‘zbekistonda jinoyat deb tan olinadigan harakat (harakatsizlik) uchun ta’qib qilinayotgan bo‘lsa yoki BMTning asosiy maqsad va prinsiplariga zid harakatlar sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga mamlakatda siyosiy boshpana berilmaydi", deyiladi hujjatda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev siyosiy boshpana taqdim etishi mumkin

Shuningdek, ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va O‘zbekistonda ijro etilishi lozim bo‘lgan sudning ayblov hukmi mavjud bo‘lgan shaxslarga ham siyosiy boshpana berish rad etiladi.

Ta’qib qilinish xavfi bo‘lmagan uchinchi davlatdan kelgan, u ta’qib qilinmayotgan uchinchi davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan, bila turib yolg‘on ma’lumotlar bergan va iqtisodiy, ekologik yoki ijtimoiy sabablarga ko‘ra, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar munosabati bilan fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki qaytishni xohlamaganlarga ham O‘zbekistonda siyosiy boshpana berilmasligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi bo‘lishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi.

Nizomga ko‘ra, siyosiy boshpana olish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishning umumiy muddati 1-yildan oshmasligi lozim. Siyosiy boshpana berilgan shaxsga, shuningdek uning oila a’zolariga murojaat joyi bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi guvohnoma beriladi va uning asosida 5-yilgacha bo‘lgan muddatga yashash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0