Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti vakolatlarini bajarishga kirishganidan so‘ng, 2016-yilning 14-dekabr kuni hukumat tarkibida Rustam Azimov rahbarlik qilayotgan kompleksda makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalar masalalari qoldirilgan

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rustam Azimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Azimov qaysi lavozimga tayinlangani hozircha noma’lum, deb xabar qilmoqda UZ24.

Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov qaysi lavozimda qolgani oydinlashdi yoxud hukumatning yangi tarkibi haqida
Xabarga ko‘ra, hukumat tarkibidagi Rustam Azimovning o‘rnini moliya vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallagan.

Rustam Azimov 2000-2002 yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, 2003-2005 yillarda Iqtisodiyot vazirligiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning muvaqqat Prezidenti etib tasdiqlanganidan so‘ng, 2016-yil 13-sentabrida hukumat tarkibida Rustam Azimov rahbarlik qilayotgan Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksiga ta’lim va fan masalalari ham qo‘shib berilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti vakolatlarini bajarishga kirishganidan so‘ng, 2016-yilning 14-dekabr kuni hukumat tarkibida Rustam Azimov rahbarlik qilayotgan kompleksda makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalar masalalari qoldirilgan, shuningdek, Azimov o‘zi 2005-yildan beri boshqarib kelayotgan Moliya vazirligi rahbarligidan ozod etilgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0