Noma’lum shaxs Eron parlamentida o‘t ochdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishTehron
Tehron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilganlar soni uch nafarni tashkil qiladi, otishma davom etmoqda. Ular bir necha kishini garovga olganliklari xabar qilinmoqda

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Noma’lum shaxs chorshanba kuni ertalab Eron parlamentida o‘t ochdi, natijada ikki kishi jarohatlandi deb xabar qildi RIA Novosti.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilganlar soni uch nafarni tashkil qiladi, otishma davom etmoqda. Ular bir necha kishini garovga olganliklari xabar qilinmoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, hujum qilganlarning shaxsi va maqsadi hozircha noaniq.

Eron xavfsizlik xizmatidagi manbalar esa garovga olinganlar to‘g‘risidagi ma’lumotni shu vaqtgacha tasdiqlagani yo‘q.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0