Ohangaronda tuman gaz idorasi boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga tushdi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahbar "Ohangarontumangaz" korxonasi hovlisida fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yish uchun 450 dollar pora olayotganda qo‘lga olindi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. "Toshkentgazta’minot" tarkibiga kiruvchi "Ohangarontumangaz" filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchi O‘ktam Qarshiyev pora olayotganda qo‘lga tushdi, deb ma’lum qildi MXX vakili Sputnik muxbiriga.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
MXX xodimlari mansabdorni 3500 dollar pora olayotgan vaqtida ushlashdi

Uni qo‘lga olish bo‘yicha tadbir Toshkent viloyati MXX boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. O‘ktam Qarshiyev xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan va muntazam ravishda o‘zi boshqarayotgan korxonaga ishga qabul qilish uchun pul ta’ma qilib kelgan.

"Qarshiyev "Ohangarontumangaz" korxonasi hovlisida fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yish uchun 450 dollar pora olayotganda qo‘lga olindi. Dastlabki surishtiruv davomida u aybiga to‘liq iqror bo‘ldi", — dedi MXX vakili.

O‘ktam Qarshiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi ("Pora olish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqni muhofaza qilish organlari u tomonidan sodir etilgan boshqa jinoiy holatlarni aniqlamoqda.

MXX vakilining aytishicha, Qarshiyevning qo‘lga olinishi "Ohangarontumangaz" xodimlari tomonidan ijobiy baholangan. U uzoq vaqt davomida qo‘l ostidagilardan ham, unga murojaat qilib kelgan fuqarolardan ham pul ta’ma qilib kelgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0