TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida 12-iyun kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Qozog‘iston poytaxtida o‘tgan ushbu sammit ShHT faoliyatini rivojlantirishda tarixiy voqea bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Hindiston va Pokistonning Tashkilotga teng huquqli a’zolikka qabul qilingani sammitning asosiy natijalaridan biri sifatida qayd etildi. ShHT doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Mirziyoyev Qozog‘iston rahbariyatini "Ostona EKSPO — 2017" xalqaro ko‘rgazmasi yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi va tadbir muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi. Mazkur ko‘rgazma mintaqamiz davlatlarini yanada rivojlantirish borasida yuksak texnologiyalar va investitsiyalar jalb etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Suhbat O‘zbekiston — Qozog‘iston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tdi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.