TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz al Saud merosxo‘r shahzodani o‘zgartirdi va Muhammad bin Noif o‘rniga o‘z zurriyodi 31 yashar monarx Muhammad bin Salmonni valiahd qilib tayinladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Saudiya yangiliklar agentligi bo‘lmish SPA xabariga ko‘ra, hukumat yangi shahzodani tayinlash uchun alohida ovoz berish jarayonini tashkillashtirgan.
Bundan tashqari, Muhammad bin Noif mamlakat IIV rahbari lavozimidan mahrum bo‘lgan. Qirol bu lavozimga shahzoda Abdul-Aziz bin Saud bin Noifni tayinlagan.
Muhammad bin Noif Salmon Saudiya taxtini egallagach, 2015-yilda merosxo‘r shahzodaga aylangan. O‘shanda, qirolning o‘g‘li, Mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda o‘rinbosari unvonini olgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.