Chelyabinskda qayiq to‘ntarilishi oqibatida 2 bola halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Baxtsiz voqea sodir bo‘lgan suv havzasi suzish yoki qayiqda sayr qilish uchun umuman jihozlanmagan. Shuningdek, qayiqda sayrga chiqqan kishilarda qutqaruv nimchalari bo‘lmagan.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Fojia Chelyabinsk viloyati Toguzak qishlog‘i yaqinidagi “Maksim” nomli suv havzasida sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Chelyabinsk viloyati FVV bosh boshqarmasi.

Ushbu ko‘lda “kazanka” turdagi alyuminiydan yasalgan qayiqda bir erkak kishi bolalar bilan birga sayir qilishga chiqqan. Qayiq ortiqcha vazn sababli qo‘l o‘rtasida to‘ntarilib ketgan. Ko‘l atrofida bo‘lgan kishilar suvda chukayotganlarga yordam berishga harakat qilgan, 1 kishi va 2 yosh bolani qutqarishning iloji bo‘lmagan.

Ucheniya spasateley na plyaje - Sputnik O‘zbekiston
Zarafshon darosiga o‘zini tashlagan qizning hayoti saqlab qolindi

Xabarda aytilishicha, baxtsiz voqea sodir bo‘lgan “Maksim” nomli suv havzasi suzish yoki qayiqda sayr qilish uchun umuman jihozlanmagan. Qayiqda bo‘lgan kishilarda qutqaruv nimchalar bo‘lmagan. Sayrga chiqqanlar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan.

Dunyo statistikasiga ko‘ra, dunyoda har yili 400 ming kishi suvda halok bo‘ladi. Bu kuniga 40 kishi degani. Halok bo‘lganlardan 7 %ni yosh bolalar tashkil qiladi. Suvda cho‘kish natijasida halok bo‘ladiganlarning yarmidan ko‘pi Osiyo mintaqasidada sodir bo‘ladi.

Rossiya FVV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada so‘ngi 5-yil ichida 60 ming kishi suvda cho‘kib ketgan, shulardan 14 mingi yosh bolalar. Baxtsiz xodisalarning asosiy qismi halok bo‘lgan odamlarning o‘z aybi bilan sodir bo‘lgan. Ular ruxsat etilmagan joylarda yoki mast holatda suzishgan.

Yangiliklar lentasi
0