Tojikistonning eng katta bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

© Press-slujba MChS RF / Mediabankka o‘tishTushenie pojara, arxivnoe foto
Tushenie pojara, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston IIV xodimi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inda 25 do‘kon va 260 savdo-sotiq joylari butunlay yonib ketgan.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Dushanbe shahrida eng yirik bo‘lgan “Karvon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

“Yong‘in boshlashi bilan 28 ta yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari va 2 mingdan ortiq yong‘in xavfsizligi xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in xavfsizligi xizmatining sa’y-harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, — deb xabar qildi IIV xodimi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektr tarmoqlarning qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘ldi. Hozirgi vaqtda maxsus komissiya tomonidan yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra yetkazilgan moddiy ziyon aniqlanadi.

2017 yil 3-iyun kuni Tojikiston poytaxti hukumati yong‘in natijasida ziyon ko‘rgan do‘kon sotuvchilarini qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Karvon” bozorining maydoni 14 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, u Tojikistonda eng yirik bo‘lgan savdo majmuasi hisoblanadi.

“Karvon” bozorida oxirgi yillarda bir necha marotaba yong‘in sodir bo‘lgan edi. Bozorda 2002-yilda qisqa tutashuv oqibatida 5 marotaba yong‘in yuz bergan. Eng so‘nggi yong‘in 2012-yilning sentabr oyida sodir bo‘lgan edi. Uning oqibatida 2250 ta savdo-sotiq joylari yonib ketgan, yong‘inning umumiy maydoni 8 ming metrni tashkil qilgan edi.

“Karvon” bozorida sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida jami 3,5 mln dollar ziyon yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0