O‘zbekistonga Xitoydan 10 mln tup tut ko‘chati keltiriladi

© TANG CHHIN SOTHY / AFPShelkopradi yedat listya tutovogo dereva
Shelkopradi yedat listya tutovogo dereva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekipaksanoat" uyushmasida xitoylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Kuzda O‘zbekistonga Xitoydan uch navdagi 10 million tup tut ko‘chati keltiriladi. Bu haqda "O‘zbekipaksanoat" uyushmasida xitoylik ishbilarmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida ipakchilik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, pilla yetishtirish, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Kokoni tutovogo shelkoprada - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev pillachilikni qayta tashkil qilmoqda

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi boshqaruvi raisi Bahrom Sharipov tizimdagi korxona va tashkilotlarga 2023-yilgacha qator imtiyozlar berilgani, xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti ta’minlanayotganini e’tirof etdi. Endilikda pillachilik tarmog‘iga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi. Davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berish, muddatini uzaytirish, vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish amalga oshiriladi.

"Biz tut plantatsiyalari yaratish bilan shug‘ullanamiz. O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Surxondaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi soha korxonalari faoliyati bilan batafsil tanishdik. Kuzda O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos keladigan uch navdagi tut ko‘chatlaridan 10 million tup yetkazib berishga kelishib oldik", — dedi "Sin Fu" kompaniyasi bosh direktori Su Ping Xua.

Uchrashuv davomida joriy yilda xitoylik hamkorlar tomonidan 276 million dollar investitsiya kiritilishi kutilayotgani qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0