TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Qirg‘iziston fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalari bilan haydovchilik qilishga ruxsat berishni so‘rab Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yozishdi.
Murojaatnoma ostiga 450 deputatdan 406 tasi o‘z imzosini qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ushbu yilning 1-iyulidan chet el haydovchilik guvohnomasi bilan haydovchi bo‘lib ishlashni ta’qiqlovchi federal qonun kuchga kirgan edi. Ushbu qonunga ko‘ra Qirg‘iziston fuqarolari ham haydovchi bo‘lib ishlash uchun Rossiya haydovchilik guvohnomalarini olishi kerak.
Deputatlar fikriga ko‘ra, ushbu qonunni qabul qilishga aksariyat migrant haydovchilarning rus tilini bilmasligi sabab bo‘lgan. Shuning uchun deputatlar o‘z xatida Qirg‘izistonda rus tiliga rasmiy davlat tili maqomi berilganligi va qirg‘izistonlik haydovchilar ushbu tilni nisbatan yaxshi bilishi qayd etilgan.