AQShda maktab o‘quvchisi Pentagon rahbariga qo‘ng‘iroq qildi va undan intervyu oldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishAQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis
AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettisning telefon raqamini topishga muvaffaq bo‘lgan amerikalik oddiy maktab o‘quvchisi Teddi Fisher amaldorga nafaqat sim qoqdi, balki u bilan 45 daqiqalik intervyuni yozib olishga olishga muvaffaq bo‘ldi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarida maktab o‘quvchisi Pentagon rahbari Jeyms Mettisga qo‘ng‘iroq qildi va undan intervyu oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettisning telefon raqamini topishga muvaffaq bo‘lgan amerikalik oddiy maktab o‘quvchisi Teddi Fisher amaldorga nafaqat sim qoqdi, balki u bilan 45 daqiqalik intervyuni yozib olishga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar tarqatdi New York Post.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistondagi urushda yengildi - Makkeyn
Nashr xabariga ko‘ra, Vashington shtatida istiqomat qiluvchi yosh yigitcha Pentagon rahbari telefon raqamini Washington Post gazetasining 11-may sonida tasodifan ko‘rib qolgan. Nashrda chop etilgan suratda prezident Donald Tramp qo‘riqchilaridan biri Kit Shiller bir dasta qog‘ozlarni ko‘tarib ketayotgani aks etgan bo‘lib, qog‘ozlarda Mudofaa vazirining ismi va telefon raqami yozib qo‘yilgani aniq ko‘rinib turgan bo‘lgan.

Sal vaqt o‘tib, ushbu surat saytdan olib tashlangan, ammo Fisher boshqalar ko‘rmagan narsani ko‘rishga ulgurgan edi. "Bularning barchasi menga mo‘’jizalar ketma-ketligini eslatardi", — deb aytgan yigitcha vazir bilan intervyusi haqida gapirar ekan.

O‘quvchi bola Fisher avvaliga intervyu berish iltimos qilib vazirga sms yozgan. Asli Vashingtondan bo‘lgan Mettis esa rozilik bergan. Natijada, intervyu o‘quvchi yigit tahsil oladigan maktab gazetasida chop etilgan.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin "Bi-bi-si"ning AQSh bilan "kimo‘zar" o‘ynash haqidagi savoliga javob berdi
AQSh Mudofaa vaziri intervyu davomida hamisha maktab o‘quvchilariga yordam berishga harakat qilishini, ularga o‘z tajribasi bilan bo‘lishishi haqida gapirgan. New York Post ga ko‘ra, suhbat davomida Mettis tashqi siyosatning qator tarmoqlari haqida to‘xtalgan. Xususan, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama davlat kotibi Xillari Klintonga quloq solganida yanayam kattaroq zafarlar qozonishi mumkin bo‘lardi, deb aytgan. Mettis, shuningdek, AQSh Afg‘oniston, Suriya va boshqa mamlakatlardagi amerika maktablariga bir yillik ta’lim uchun pul ajratganida, radikal g‘oyalar bilan kurashish osonroq kechardi, deya ta’kidlagan.

"O‘ylashimcha, insonlarga eng yaxshi ta’limni ko‘rsatish va kelajakka umid berish orqali yov g‘oyalarga qarshi turish mumkin", — degan Mettis.

Yangiliklar lentasi
0