Namanganda O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi

© Press slujba xokimiyata Yangikurganskogo rayonaV Namangane otkrilsya odin iz samix bolshix fontanov v Uzbekistane
V Namangane otkrilsya odin iz samix bolshix fontanov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Balandligi 32, eni 16 metr bo‘lgan favvora ostiga 300 dan oshiq turli ranglar hosil qiluvchi galogenlar joylashtirilgan

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani markazida yangi ochilgan "Eko-park" ko‘ngilochar maskanida O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi. Bu haqda viloyat hokimligi veb saytida xabar qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, balandligi 32, eni 16 metr bo‘lgan favvora ostiga 300 dan oshiq turli ranglar hosil qiluvchi galogenlar joylashtirilgan. Musiqali va rangli favvora jihozlari Xitoyning "Xuntay" kompaniyasidan keltirilgan.

"Eko-park"ning ochilish marosimida tumandagi 3 nafar bolakayning sunnat to‘yi ham o‘tkazildi. Ularning har biriga 300 ming so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari topshirildi, velosipedlar sovg‘a qilindi.

Yangiliklar lentasi
0