Hirotda shiyalar masjidi portlashida 30 kishi qurbon bo‘ldi

© AP Photo / Hamed Sarfarazi Vzriv mecheti v Gerate
Vzriv mecheti v Gerate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" ushbu terrorchilik uchun javobgarlikni olmagan.Terrorchilik amalga oshirishda IShID gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Afg‘onistonning Hirot shahridagi shiyalar masjidigi qilingan hujumda 30 ga yaiqin musulmon qurbon bo‘ldi. Bunga javoban shiyalar jamoasi shahardagi politsiya bo‘linmasini toshbo‘ron qilishdi, deb xabar bermoqda Al-Jazira telekanali.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, hujum seshanba kuni, kechgi namoz vaqtida, mahalliy vaqt bilan soat 20:00da sodir bo‘lgan. Fojea vaqtida masjidda 300  kishi bo‘lgan. Biri o‘qotar qurol bilan qurollangan, ikkinchisida esa shahidlar kamari bo‘lgan terrorchilar masjidga kelib, avval masjid oldida turga qo‘riqchilarni o‘ldirgan, keyin masjid ichiga kirib namoz o‘qiyotganlarni o‘qqa tutgan. Quroli ishlamay qolganidan keyin esa, xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan.

Tolibon vakili Qori Yusuf Ahmadining so‘zlariga ko‘ra, ushbu terrorchilik uchun "Tolibon" harakati javobgar emas.

nashr xabariga ko‘ra, Afg‘onistonda shiya musulmonlari kamchillikni tashkil qiladi. Afg‘oniston janubida faoliyat yuritayotgan IShID guruhlari, oxirgi vaqtlarda shiyalarga bir necha marotaba tahlika qilgan edi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ushbu terrorchilikni keskin qoraladi. IShIDning Afg‘oniston hududida tarqalishi bo‘lgan harakatlariga nisbatan  "terrorchilar bizning oramizda sektalar tashkil qila olmaydi", — degan edi.

Yangiliklar lentasi
0