Oliy Majlis Senati raisi Eron prezidenti inauguratsiya marosimida ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishEron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy
Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Hasan Ruhoniy joriy yilda mamlakatda o‘tkazilgan prezident saylovlarida g‘olib chiqdi va ikkinchi bor Eron prezidenti etib saylandi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Eron prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya 2017-yil 5-avgust kuni Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyning lavozimga kirishish marosimida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Hasan Ruhoniy joriy yilda mamlakatda o‘tkazilgan prezident saylovlarida 57% ovoz to‘plab g‘olib chiqdi va ikkinchi bor mamlakatga rahbar etib saylandi.

Hasan Ruhoniy birinchi marta 2013-yilda mamlakatni xalqaro izolyatsiyadan chiqarish va erkin jamiyatni barpo etish singari va’dalarni berib saylovlarda g‘olib bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0