TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkentda yuz bergan yo‘t transport harakati oqibatida homilador ayol jarohat oldi: haydovchining beg‘amligi tufayli ayolda homila tushishi ro‘y berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1-avgust kuni ertalab Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan 26 yashar yigit uch kishini urib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Hodisa Qoratosh ko‘chasida, 31 raqamli uy ro‘parasida yuz bergan. Avtomobil odamlarni urishi oqibatida homilador ayol o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan lat yegan. Afsuski, ayol homilasidan ham ayrilgan. Homilaning necha oylik bo‘lgani noma’lum. Ayol 7 tug‘ruqxonaga olib ketilgan.
Qolgan ikki yo‘lovchilar — 52 yoshli ayolning ko‘krak qafasi jarohatlangan, 24 yashar yigit esa yengil jarohatlar bilan qutulgan.
Ikkalasi ham Shoshilinch tibbiy yordam Respublika markaziga olib ketilgan.