Issiqko‘lda sodir bo‘lgan YTHda jarohatlangan o‘zbekistonliklar ro‘yxati

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olti nafar O‘zbekiston fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish uchun elchixonaning konsullik bo‘limi vakili YTH sodir bo‘lgan viloyatga yetib bordi

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlik axborot-xizmati kuni kecha Qirg‘iziston Issiqko‘l viloyatining Qizil O‘ruk qishlog‘ida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatini e’lon qildi.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Issiq-Ko‘lda sodir bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum qilindi

TIVning xabariga ko‘ra, YTH oqibatida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan:

1. Orlova Yelena Aleksandrovna, 1976-yilda tug‘ilgan;
2. Orlov Igor, 2006-yilda tug‘ilgan;
3. Orlova Veronika, 2006-yilda tug‘ilgan;
4. Li Yana Andreyevna, 2004-yilda tug‘ilgan;
5. Xan Janna Mixaylovna, 1969-yilda tug‘ilgan;
6. Obedkova Lyudmila Aleksandrovna, 1952-yilda tug‘ilgan.

Jarohatlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish uchun Elchixonaning konsullik bo‘limi vakili mazkur viloyatga yetib bordi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq yo‘l-transport hodisasi Qizil-O‘ruk qishlog‘ida yuz berganligi haqida xabar bergan edik. "Folksvagen LT-35" mikroavtobusi va "Mazda Primasi" yengil avtomobili bir-biri bilan to‘qnashib ketgan. Mikroavtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular Cho‘lpon-Ota shahridagi kasalxonaga joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0