MXX O‘zbekiston Milliy universiteti domlasini qo‘lga oldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishHibsga olish
Hibsga olish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi a’zosi, "Geografiya va geologiya" fakulteti "Ijtimoiy geografiya" kafedrasi mudirasi Nilufar Komilovani qo‘lga olindi

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lm vazirligi tomonidan 2017-yilda 729 ming nafar abituriyentlardan hujjat qabul qilindi. Oshgan ehtiyoj talabini qondirish maqsadida talabalarni qabul qilish 14%ga, ya’ni 57 907 nafardan 66 316 nafarga oshirilgan, bundan tashqari ko‘paytirilgan kontrakt to‘lovi bo‘yicha qabul joriy qilingan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi
Yuqoridagi fakt mamlakatda barcha yoshlarga ular oliy ma’lumotli bo‘lishlari uchun sharoit yaratilayotganini ko‘rsatmoqda, ammo vaziyatdan foydalanib o‘z hamonini to‘ldirmoqchi bo‘layotganlar topilmoqda.

Milliy xavfsizlik xizatlari xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi a’zosi, "Geografiya va geologiya" fakultetining "Ijtimoiy geografiya" kafedrasi mudirasi Nilufar Komilovani qo‘lga olishdi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz".

Olib borilgan tekshiruvlar jarayonida shu holat ayon bo‘ldiki, Komilova fuqaro "M.D"ga O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirishida amaliy yordam berish va’dasi bilan undan 5 ming AQSh dollar talab qilgan.

N.Komilova o‘z noqonuniy xatti-harakatlariga to‘liq iqror bo‘lgan.

Toshkent shahri Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan N. Komiovaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0