TOShKENT, 10 avg – Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri etib Baxtiyor Sayfullayev tayinlandi. Sobiq vazir Muratov Maxmud Mo‘minovich ushbu yilning fevral oyida rahbarlikka tayinlangan edi.
Baxtiyor Sayfullayev 2012-yildan buyon Mannon Uyg‘ur nomli O‘zbekiston Madaniyat va san’at instituti rektori lavzimida ishlab kelgan edi. Undan oldin esa, 2005-yildan buyon madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 8-avgustda e’lon qilingan qaroriga muvofiq madaniyat vazir bir vaqtning o‘zida Davlat konservatoriyasi rektori vazifasini ham bajaradi.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavzimiga xonanda Ozodbek Nazarbekov tayinlandi. Ozodbek Nazarbekov bundan bir necha kun oldin “Yoshlar telekanali” direktori lavozimidan, o‘z xohishiga ko‘ra, ozod qilingan edi.
Gazeta.uz xabariga asosan nashri.