Mirziyoyev yangi institut tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Institut yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot va tahliliy izlanishlar olib borish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida faoliyat olib boruvchi davlat muassasasi hisoblanadi

TOShKENT, 15-avgust — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etiladi.

Hujjatga ko‘ra, institut yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot va tahliliy izlanishlar olib borish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida faoliyat olib boruvchi davlat muassasasi hisoblanadi.

Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Yangi dastur: O‘zbekiston yoshlariga yana qator imtiyozlar belgilandi

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut muassislari hisoblanishadi.

Respublika yoshlari muammolarini o‘rganish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va mazkur muammolarni hal qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazish, hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hududiy jamoatchilik tashkilotlari  uchun istiqbolli yosh kadrlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning malakaviy rivojlanishini monitoring qilish tizimini yaratish, istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish institutning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi.

Qarorning to‘liq matni bilan prezidentning rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0