Islom Karimov portretini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan ijodiy tanlov g‘oliblari aniqlandi

© SputnikVistavka portretov Islama Karimova v Tashkente
Vistavka portretov Islama Karimova v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi Bahodir Jalolov sazovor bo‘ldi

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Kecha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma hamda uning portretini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov natijalariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma ochilgani haqida xabar bergandik.

Fotovistavka v pamat ob Islame Karimove otkrilas v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi prezident sharafiga fotoko‘rgazma o‘tkazildi

Ko‘rgazma doirasida Birinchi Prezidentning portretini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi, deb yozadi uz24.uz.

Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi Bahodir Jalolov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Zebiniso Sharipova va uchinchi o‘rin Maqsud Qosimovga nasib etdi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan joy olgan "Islom Karimov g‘allazorda", "Islom Karimov yoshlar davrasida", "Said Ahmad va Islom Karimov", "Islom Karimov san’atkorlar davrasida", "Islom Karimov harbiylar davrasida", "Islom Karimov va Vladimir Putin", "Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev" kabi qirqqa yaqin saralangan suratlarda O‘zbekiston Birinchi Prezidentining sermazmun hayoti va faoliyati aks etgan.

Yangiliklar lentasi
0