Uy olib berish va’dasi bilan rahbar shaxs odamlarning 1,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ini o‘mardi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgar 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishni va’da qilib, odamlardan 1 milliard o‘ttiz million to‘rt yuz ming so‘m pul yig‘ib olgan

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Navoiy shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni pullab yurgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Yer uchastka uchun 9100 dollar undirmoqchi bo‘lgan namanganlik firibgar qo‘lga olindi
Firibgar mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari ekanligi aytilmoqda.

"F.T.ning ustidan kelib tushgan arizada, u Navoiy shahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishini va’da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming so‘m pulni olib, qochib yurgani ko‘rsatilgan. Firibgar rahbar ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi".

Ayni vaqtda Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0