Ravshanxon Jo‘rayev O‘FF ijroiya qo‘mitasi a’zosi etib tayinlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMach Krasava na razminke
Mach Krasava na razminke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo‘rayev O‘FF rahbariyatida mavjud bo‘lgan bo‘sh o‘rinni egallagan va uning nomzodi O‘FF ijroiya qo‘mitasining boshqa a’zolari tomonidan ma’qullangan.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘FF Ijroiya Qo‘mitasining yangi a’zosi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda O‘FF matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Jo‘rayev O‘FF rahbariyatida mavjud bo‘lgan bo‘sh o‘rinni egallagan va uning nomzodi O‘FF ijroiya qo‘mitasining boshqa a’zolari tomonidan ma’qullangan.

"Bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Umid qilamanki, bo‘lajak ishlarimiz mamlakatimizda futbol rivoji uchun hissa qo‘shadi", — dedi Ravshanxon Jo‘rayev.

O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ham Jo‘rayevni tabriklab, "UzReport axborot agentligi O‘FF Marketing boshqarmasi va O‘zPFL bilan hamkorlikda katta loyihalarni amalga oshirishiga umid qilaman", — dedi.

Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF: hozircha murabbiylikka bizning talablarimizga javob beradigan nomzod chiqmadi

Ravshanxon Jo‘rayev 1971-yil 23-fevral kuni tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1994-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 2010-yildan buyon UzReport axborot agentligi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi tarkibi 11 kishidan iborat: Umid Ahmadjonov — O‘FF Prezidenti, Shoakrom Isroilov — O‘FF Birinchi vitse-prezidenti, Achilbay Ramatov — O‘FF vitse-prezidenti, Po‘lat Bobojonov — O‘FF vitse prezidenti, Rustam Qurbonov — O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi, Bobur Shodiyev — Paxtakor" FK prezidenti, Murod Aliyev — "Bunyodkor" FK Bosh direktori, Mansur Rajabov — "Lokomotiv" FK prezidenti, Komil Yarashev — O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori, Narimon Jalolov — O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi, Ravshanxon Djurayev — UzReportaxborot agentligi Bosh direktori.

Yangiliklar lentasi
0