TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonga Sankt-Peterburgdagi Kirov zavodida ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishimiz mumkin, deb aytgan jurnalistlarga Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng.
"O‘zbekistonga Sankt-Peterburgdagi Kirov zavodida ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishimiz mumkin. Sankt-Peterburgda ekologik toza, sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori. O‘zbekiston shunday mahsulotlarga boy. Delegatsiyamiz tarkibida oziq-ovqat sanoati va savdosiga ixtisoslashgan ko‘plab tashkilotlar vakillari kelgan. Bu borada yo‘lga qo‘yilgan tizim asosida mamlakatingizdan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari olishni ko‘paytirishdan manfaatdormiz", — dedi gubernator.
Sankt-Peterburg gubernatori o‘z intervyusi yakunida Mirziyoyev bilan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni tez orada huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlashga va O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni izchil davom ettirishga va’da bergan.
Vikipediyadagi ma’lumotlarga asosan, 2017-yil holatiga ko‘ra, "Peterburg traktor zavodi" AJda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ikki modeldagi — K744 va K-703M traktorlari ishlab chiqariladi.