Toshkentda jinoyatchilik darajasi ortdi

Grabitel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Poytaxtda o‘tgan to‘qqiz oy mobaynida 11 196 ta jinoyat sodir etilgan. Ularning 4 318 tasi fosh etilgan.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida Toshkent shahrida jinoyatchilik darajasi oshdi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan qonunbuzilish holatlari ko‘paymoqda.
“Jumladan, o‘tgan davrda 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Ularning 4 318 tasi fosh etildi. Xususan, firibgarlik jinoyatlari ortapti”, - deyilgan xabarda.
Har bir tumanda “jinoyat o‘chog‘i”ga aylangan og‘ir mahallalar tanlab olinib, qo‘shimcha kuch va vositalar ajratilgan.
Ma’lum qilinishicha, sudlarga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 9 166 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 055 taga ko‘p. Virtual va xalq qabulxonalari tomonidan yuborilgan 4 189 ta murojaatlardan 4 050 tasi ko‘rib chiqilib, muammoni hal etish choralari ko‘rilgan.
Uchebniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Qashqadaryoda jinoyatchilik 70 foizga ortdi, o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshladi
Yangiliklar lentasi
0