Qisqa metrajli o‘zbek filmi Qozog‘istonda sovrindor bo‘ldi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVo vremya syemok filma
Vo vremya syemok filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Film “Debut start 2021” kinofestivalida g‘olib bo‘lgan ssenariy loyihalari asosida suratga olingan.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Montaj” qisqa metrajli badiiy filmi Qozog‘istondagi “Bastau” butun dunyo talabalar hamda debutantlar kinofestivalida “Netpac” sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Film “Debut start 2021” kinofestivalida g‘olib bo‘lgan ssenariy loyihalari asosida suratga olingan.
Kinokartina oilaning muqaddas ekani haqida bo‘lib, Kimki oilani qadrlamasa, oxir-oqibat uni yo‘qotishi ochib berilgan. Filmda bir-birini tushuna olmagan va hozir alohida yashayotgan oila a’zolarining hayoti haqida ham hikoya qilinadi. Oilaning barcha a’zolari ham mukammal emas. Taqdir g‘ildiragi ularni turli manzillarga sochib yuborgan bo‘lsa-da, ular oilaviy uchrashuvni kutishadi va xohlashadi. Filmda qahramon buzilgan oilani tiklashga urinishi aks etgan. U hayotdan haqiqiy san’at asarini izlaydi. Lekin uni topa olmaydi va u har bir qarindoshining oldiga borib, ularni suratga oladi. Shundan so‘ng, u dunyodagi eng go‘zal san’at bu oila ekanligini tushunadi.
Ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar To‘ychi Ahmedov.
Mazkur film, shuningdek, Gonkongda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tgan “Vienna International Film Awards” kinofestivali, Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali hamda Marokashda o‘tkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivalida ham ishtirok etgan va turli yo‘nalishlarda taqdirlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0