Prezident jarima barvaqt to‘langanda 50 % chegirma berilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritildi. Unda jarima uchun beriladigan chegirmani qo‘llash tartibi belgilab qo‘yildi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi. Bu haqda prezident imzolagan O‘RQ–830-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritildi.
Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
Kodeksning 131, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda (transport vositalarini mast holda boshqarish);
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi 24 soat ichida yangilanadi. To‘lanmagan jarima respublikadan chiqishga cheklovga olib keladi. Shuningdek, shaxsiy mulkingizga jarima solinishi va ma’muriy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0