"Dushanbe — Chanak" yo‘lida ayrim avtotransportlarning harakatlanishi taqiqlandi

© SputnikDushanbe-Chanak yo‘li, arxiv surat
Dushanbe-Chanak yo‘li, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
"Dushanbe — Chanak" avtostradasida 31-avgustga qadar yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanishi cheklandi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Tojikiston ayrim avtotransportlarning harakatlanishiga vaqtincha cheklov joriy etdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Transport vazirligi.
Tojikiston hududida 2023-yil yoz mavsumida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yuk avtotransport vositalarining harakatlanishiga vaqtincha cheklov joriy etildi.
Unga ko‘ra, 31-avgustgacha soat 10:00 dan 19:00 gacha "Dushanbe — Chanak" avtostradasida yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanishi taqiqlanadi. Bunda transport vositasining har bir o‘qiga tushadigan og‘irlik 6 tonnadan oshmasligi kerak.
Cheklovlar gumanitar yordam yuklari, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari, xavfli, og‘ir yuklar, ko‘mir tashuvchi va maxsus litsenziyalarga ega bo‘lgan transport vositalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0