https://oz.sputniknews.uz/20230624/qoraqalpogiston-mahalla-500-mln-som-ajratish-36266152.html
Qoraqalpog‘istondagi mahallalarning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda
Qoraqalpog‘istondagi mahallalarning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
2023-06-24T12:23+0500
2023-06-24T12:23+0500
2023-06-24T12:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
mahalla
pul
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18767467_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_5014c880132d3e52619f9d3e50d45574.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida nazarda tutilgan.Hujjatda Qoraqalpog‘istonda "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etilishi nazarda tutilgan. Loyihada shuningdek, tashkil etilgan jamg‘armaga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yil davomida 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratilishi belgilab qo‘yilgan.Qaror loyihasi Qoraqalpog‘istondagi aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlar ijrosi va mavjud muammolarning o‘z vaqtida va tezkor hal etilishini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqildi.Loyiha qabul qilinsa quyidagilarga erishiladi:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18767467_140:0:1277:853_1920x0_80_0_0_7143b0d9fc1dd8894c71ed510b15cb17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston mahalla mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi
qoraqalpog‘iston mahalla mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi
Qoraqalpog‘istondagi mahallalarning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda
Qoraqalpog‘istonda "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan
qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjatda Qoraqalpog‘istonda "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Loyihada shuningdek, tashkil etilgan jamg‘armaga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yil davomida 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratilishi belgilab qo‘yilgan.
Qaror loyihasi Qoraqalpog‘istondagi aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlar ijrosi va mavjud muammolarning o‘z vaqtida va tezkor hal etilishini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqildi.
Loyiha qabul qilinsa quyidagilarga erishiladi:
mahallalardagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini ta’mirlash va tiklash;
mahallada infratuzilmani rivojlantirish;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirish;
Mahallalardagi “ko‘chaboshi”lari rag‘batlantirilish.