Toshkentda 2 tonnadan ortiq narkotik yoqib yuborildi - foto

Obuna bo‘lish
2022 yil va 2023-yilning o‘tgan davrida jami 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop modda aniqlangan.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Toshkent shahri Yangihayot tumanida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil va 2023-yilning o‘tgan davrida jami 952 kg giyohvandlik (706 ta holatda) vositalari, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop modda aniqlangan.
Bu holatlar yuzasidan 245 kg geroin, 300 kg gashish, 143 kg opiy, 228 kg sintetik narkotiklar, 31 kg marixuana, 67 ming dona "Tramadol" tabletkalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
26 iyun kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jami 2 tonna 51 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari yoqib yuborilgan.
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Yangiliklar lentasi
0