Butun Istanbulda yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlangani rad etildi

© Sputnik / Kemal Aslan / Mediabankka o‘tishIstanbul, arxiv surat
Istanbul, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2023
Obuna bo‘lish
Aniqlik kiritilishicha, bunday taqiq shaharning 39 ta tumanidan faqat 10 tasida amal qiladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Turkiya migratsiya departamenti butun Istanbulda xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlangani haqidagi xabarni rad etdi.
Idoraning aniqlik kiritishicha, bunday taqiq shaharning 39 ta tumanidan 10 tasida amal qiladi.
"Istanbulning 39 tumani xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berish uchun yopilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Gap faqat birlamchi yashash uchun ruxsatnoma berish mumkin bo‘lmagan 10 tuman haqida borapti”, - deya xabardan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Yashash uchun ruxsatnomaga ariza berish Avjilar, Bahchelievler, Bashakshehir, Bag‘jilar, Esenler, Kuchukchekmeje, Sultangazi, Zeytinburnu, Fatih va Esenyurtda 2021-yildan buyon taqiqlangan.
Kuni kecha “Milliyet” gazetasi Istanbulning barcha tumanlarida chet ellik fuqarolarga yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlangani haqida xabar qilgan edi. Bunga shaharda migratsiya oqimi o‘sishi sabab qilib keltirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0