Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina so‘nggi ikki oy ichida 43 ming askarini yo‘qotdi: MV hisoboti

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota rascheta orudiya "Giatsint-S" SVO na Krasnolimanskom napravlenii
Rabota rascheta orudiya Giatsint-S SVO na Krasnolimanskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2023
Obuna bo‘lish
Kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donesk, Janubiy Donesk, Kupansk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida hujumkor amaliyotlar o‘tkazishga urindi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi ikki oy ichida qarshi hujum boshlaganidan buyon ulkan yo‘qotishlarga duch keldi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Kiyev rejimi tomonidan 2023-yilning iyun-iyul oylarida "qarshi hujum" boshlanganidan beri 43 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarini yo‘qotdi", - deyiladi xabarda.
Bu ko‘rsatkich Ukraina va xorijdagi kasalxonalarga evakuatsiya qilingan yaradorlar va xorijiy yollanmalarni, shuningdek, ichiki hududlarga uzoq masofali qurollar bilan berilgan zarbalar natijasida yo‘q qilingan harbiy xizmatchilarni o‘z ichiga olmaydi.
O‘tgan davr ichida front chizig‘ida, Ukraina qurolli kuchlari 4900 dan ortiq turli xil qurollardan mahrum bo‘ldi, jumladan:
26 ta samolyot, 9 ta vertolot, 1831 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, jumladan, 25 ta Germaniyaning "Leopard" tanki, 7 ta fransuz AMX g‘ildirakli tanklari, 21 ta Amerikaning Bradley BMPlari, 747 ta dala artilleriya va minomotlarini, jumladan 76 ta Amerika M777 artilleriya tizimini, shuningdek, Polsha, AQSh, Fransiya va Germaniyada ishlab chiqilgan 84 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalari.

Mudofaa vazirligi hisoboti, 4-avgust:

Donesk yo‘nalishida faol mudofaa jarayonida "Janub" kuchlar guruhi Belogorovka, Spornoe, Vesoloe, Staromixaylovka, Paraskoviyevka va Pervomayskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 8ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Qayta hujumga o‘tgan rus qo‘shinlari Belogorovka va Vodiane aholi punktlari hududlarida yanada qulayroq pozitsiyalarni egalladi.
DXRning Toresk, Klesheyevka, Avdeyevka, Krasne va Belogorivka aholi punktlarida joylashgan UQKning 24, 28, 110 mexanizatsiyalashgan, 5-hujum va 81-aeromobil brigadalari ishchi kuchi va texnikasi jamlangan hududlarga aritilleriya va aviatsiya zarbalari berildi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 185 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, to‘rtta yengil avtomobil, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi hujum otradlari DXRning Staromayorskoe qishlog‘i hududida hujum operatsiyalarini davom ettirdi va taktik holatini yaxshiladi. Bundan tashqari, DXRning Rovnopol va Makarovka aholi punktlari hududlarida UQKning 31-mexanizatsiyalashgan va 35-dengiz piyodalari brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi.
Zaporoje viloyati Priyutnoe aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi. Kun davomida 120 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Msta-B" gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya bo‘linmalarining faol harakatlari, havo zarbalari, artilleriya o‘qlari va og‘ir o‘t o‘chirish tizimlari Zaporoje viloyatining Rabotino qishlog‘i hududida dushman hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Malaya Tokmachka, Yabloneve va Uspenovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 33, 47, 65 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasi mag‘lubiyatga uchradi. Dushmanning yo‘qotishlari 130 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta piyoda jangovar texnikasi, shu jumladan amerikalik Bredli BMP, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita transport vositasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Olshana, Petropavlovka va Tokarevka aholi punktlari hududlarida yanada qulayroq pozitsiyalarni egalladi. Faol mudofaa jarayonida UQKning 14-mexanizatsiyalashgan va 25-havo-desant brigadalari bo‘linmalarining Novoselovskoe aholi punkti hududida 4ta hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi.
Xarkov viloyatining Orlyanskoe, Kotlyarovka, Ivanovka, Pletenevka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida UQKning to‘qqizta brigadasining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joylariga zarba berildi.
Kun davomida 45 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta mashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 va M109 "Paladin" artilleriya moslamalari va Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya to‘pi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari, armiya aviatsiyasining zarbalari va artilleriya o‘qlari Lugansk Xalq Respublikasining Novovodanoe va Kremennaya aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
Shuningdek, LXRning Karmazinovka, Chervonaya Dibrova, DXRning Torskoe va Krasniy Liman aholi punktlari hududlarida UQKning 21, 43, 54, 63, 67-bo‘linmalari va 95-havo-desant brigadasiga aralash zarbalar berildi.
Bu yo‘nalishda kun davomida 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 25 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi UQKning 142 ta hududda joylashgan 116 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.

DXRning Krasnoe va Xarkov viloyatidagi Peschanoe aholi punktlari hududlarida Ukraina qo‘shinlarining yoqilg‘i va o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi. DXRning Belogorovka va Belaya Gora aholi punktlari hududlarida Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarining ikkita boshqaruv punktiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 15 ta raketasini tutib oldi. Bundan tashqari, Svatovo, Lisichansk, Donesk, Soledar va Volnovaxa aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 28 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukriana jami 458 ta samolyot, 245 ta vertolot, 5496 ta uchuvchisiz uchish apparati, 428 ta zenit-raketa majmuasi, 11113 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1142 ta ko‘p raketali tizimlarining jangovar texnikasi, 5746 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12 057 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0