“Nurli maskan” internatlarida maxsus o‘quv ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi

© Namangan viloyati hokimligiNamanganda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yangi o‘quv dargohi ochildi
Namanganda imkoniyati cheklangan bolalar uchun yangi o‘quv dargohi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2023
Obuna bo‘lish
Respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o‘quv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o‘quv ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning 374-sonli qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o‘quv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Maqsad ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish hamda kasb egallashiga ko‘maklashish, ijtimoiy hayotga tayyorlab borishdan iborat.
O‘quv ishlab chiqarish korxonasi bunga qadar Andijon viloyatining 16-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “Nurli maskan” nomini olgan maktablarda yangi o‘quv yilidan qo‘shimcha 850 ta o‘quv xonalari va 1 ming 200 ta yotoqxona o‘rni tashkil etilishi aytilgan edi.
Davlat buyurtmasi asosida ushbu maktab kutubxonalari Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi. 2023-yildan ushbu tajribani respublikaning barcha hududlarida joriy etish vazifasi qo‘yilgan.
Shuningdek, prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorga ko‘ra, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilib, “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari deb nomlandi.
Yangiliklar lentasi
0