Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya UQKning qaror qabul qilish markazlariga zarba berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota ekipaja tajeloy ognemetnoy sistemi TOS-1A SVO na Krasnolimanskom napravlenii.
Rabota ekipaja tajeloy ognemetnoy sistemi TOS-1A SVO na Krasnolimanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining qaror qabul qilish markazi va qurol-aslaha omborxonalariga zarba berdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) qaror qabul qilish markaziga zarba berdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

"Bugun tunda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining qaror qabul qilish markaziga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi, dengiz va quruqlikda joylashgan qurollar bilan guruhli zarba berdi. Zarba belgilangan nishonlarga yetib bordi.<...> Bundan tashqari, turli hududlarda UQKning to‘rtta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.”, - deyiladi xabarda.

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhining hujum bo‘linmalari muvaffaqiyatli hujumlarini davom ettirdilar.
“Bo‘linmalarning jasoratli harakatlari, armiya aviatsiyasining zarbalari va artilleriya o‘qlari natijasida Novoselovskoe, Lugansk Xalq Respublikasining Novoyegorovka va Xarkov viloyatining Sinkovka aholi punktlari hududlarida dushmanning beshta hujumi qaytarildi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Dushman bu yerda 50 nafar yaqin askarini, ikkita BMP, uchta yuk mashinasini, uchta AQShda ishlab chiqilgan M777 artilleriya tizimini yo‘qotdi.
Zaporojye yo‘nalishida rus harbiylari artilleriya ko‘magida Rabotino va Uspenovka hududlarida UQKning beshta hujumini qaytardi.
Dushmanning ishchi kuchidagi yo‘qotishlari 110 nafar harbiy xizmatchidan oshdi. Shuningdek, u to‘rtta tank, uchta zirhli mashina, to‘rtta avtomobil, Polshada ishlab chiqilgan "Krab" o‘ziyurar to‘pi va AQShda ishlab chiqarilgan to‘rtta M777 gaubitsasini yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari aviatsiya ko‘magida DXRning Severniy, Berestovoe va Nevelskoe tumanlarida UQKning oltita hujumini qaytardi.
Rossiya harbiylari kun davomida dushmanning 125 nafar harbiy xizmatchisi, bir tanki, to‘rtta piyoda askarning jangovar texnikasi, to‘rtta texnikasini va "Msta-B" gaubitsasini yo‘q qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Zaporojye viloyatidagi Priyutnoe aholi punkti hududida hujumni qaytardi va DXRdagi Urojaynoe va "Oktabr" sovxozi hududlarida UQKning dengiz piyodalari korpusining 37 va 38-brigadalari bo‘linmalariga zarba berdi.
Janglar natijasida 230 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita bronetransportor, uchta avtomashina va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar qurilma yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari, aviatsiya va artilleriya guruhining bo‘linmalari DXRning Grigorovka va Torskiy tumanlarida va LXRning Chervona Dibrova qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining uchta hujumini qaytardi.
Dushmanning umumiy yo‘qotishlari 80 nafar harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, Msta-B va D-30 gaubitsalari Rossiya qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Yangiliklar lentasi
0