Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 30-avgustning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota ekipaja tajeloy ognemetnoy sistemi TOS-1A SVO na Krasnolimanskom napravlenii.
Rabota ekipaja tajeloy ognemetnoy sistemi TOS-1A SVO na Krasnolimanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari UQKning o‘ndan ortiq hujumini qaytardi, 50 kishga yaqin diversion guruhini yo‘q qildi. Kun davomida Ukraina 800dan ortiq askarini yo‘qotdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 30-avgust hisoboti:

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari 30-avgustga o‘tar kechasi dushman qo‘mondonlik-nazorat va razvedka punktlariga uzoq masofali havo va dengizdan yuqori aniqlikdagi qurollar bilan guruhli zarba berdi. Barcha nishonga olingan obyektlarga zarba yetib bordi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Belogorovka, Zaysevo va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning beshta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 380 nafar harbiy xizmatchi (halok bo‘ldi va yaralangan), to‘rtta zirhli jangovar mashina, yettita texnika, D-20 va Msta-B gaubitsalari, "Rapira" tankka qarshi to‘pini tashkil qildi.
DXRning Prechistovka aholi punkti hududida UQKning 35-dengiz piyodalari brigadasining o‘q-dorilar va yoqilg‘i omborlariga zarba berildi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya kuchlari Rabotino va Verbovoe aholi punktlari huduida UQKning 46 va 82-havo-desant brigadalarining to‘qqizta hujumini qaytardi. UQK kun davomida 85 nafargacha harbiy xizmatchilari, bir tanki, uchta zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, uchta AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va uchta M119 gaubitsalari, "Gvozdika", "Bogdan" va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan AS-90 o‘ziyurar artilleriya moslamalarini yo‘qotdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka, LXRning Sergeyevka va Novogorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 43, 115 mexanizatsiyalashgan va 68-yeger brigadalarining uchta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 100 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, ikkita AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M109 to‘pi, D-30 gaubitsasi, "Gvozdika" va Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 42-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobilni tashkil qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi Zaporojye viloyati Novodarovka aholi punkti hududida UQKning ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan hududga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 120 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika, to‘rtta texnika, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalarini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida masofadan berilgan zarbalar natijasida 15 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 138 ta pozitsiyada joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi. DXRning Rovno aholi punkti hududida Donesk tezkor-taktik guruhi shtab-kvartirasi, shuningdek, UQK 24-mexanizatsiyalashgan brigadasining aloqa markazi vayron qilindi.
Qora dengiz floti harbiy-dengiz aviatsiyasi samolyoti UQKning 50 kishgacha desantlari bo‘lgan to‘rtta tezurar harbiy katerini yo‘q qildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimi raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, LXRning Shipilovka, DXRning Spornoe, Zeleniy Gay, Verxnetoreskoe, Vodanoe Zaporojye viloyatining Ocheretovatoe, Patixatki, Tarasovka va Berdansk aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 28 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli kuchlari jami 466 ta samolyot, 247 ta vertolot, 6234 ta uchuvchisiz uchish apparati, 433 ta zenit-raketa majmuasi, 11570 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1146 ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi jangovar texnikasi, 6128 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12528 dona maxsus harbiy avtomobillarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0