Zelenskiy va Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan — OAV

© AP Photo / Susan WalshPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi na polyax sammita NATO v Vilnyuse. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi na polyax sammita NATO v Vilnyuse. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
Obuna bo‘lish
Muallifning aytishicha, siyosatchilarning 2021-yil yozidagi birinchi uchrashuvida Zelenskiy o‘zini noprofessional tutib, Amerika yetakchisiga ko‘plab talablar qo‘ygan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi birinchi uchrashuv haqiqiy janjalga aylangan, deb yozadi “The Guardian” amerikalik jurnalist Franklin Foyerning “So‘nggi siyosatchi” kitobida chop etilgan ma’lumotlarga tayanib.
Muallifning aytishicha, siyosatchilarning 2021-yil yozidagi birinchi uchrashuvida Zelenskiy o‘zini noprofessional tutib, Amerika yetakchisiga ko‘plab talablar qo‘ygan. Xususan, u Ukrainaning NATOga kirishini so‘ragan, shuningdek, Fransiya va Germaniyaning ittifoqdan yaqinda chiqishi haqida g‘alati bayonot bergan va blokni ahamiyati pasaygan o‘tmish yodgorligi deb atagan.
“Bu bema’ni bayonot va ochiq qarama-qarshilik edi. Va bu Baydenni g‘azablantirdi”, - deyiladi maqolada.
Kitobda, shuningdek, Zelenskiy o‘z hamkasbini “zaif” siyosatchi deb hisoblagani, chunki Amerika prezidenti ularning uchrashuvi oldidan “Shimoliy oqim - 2” gaz quvuri qurilishi bilan shug‘ullangan Rossiya kompaniyasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgani aytiladi. Shu bilan birga, Baydenning o‘zi ham, Ukraina rahbari haqida uning, ayniqsa, respublikachi senator Ted Kruz bilan do‘stona munosabatlari tufayli “yaxshi fikrda bo‘lmagani” aytiladi.
“Hatto Zelenskiyning (Bayden) ma’muriyatidagi eng ashaddiy tarafdorlari ham u haddan tashqari oshirib yuborganini tasdiqlagan”, - deya kitobdan parchalar keltirilgan.
Kitobda aytilishicha, Ukraina rahbari uzoq vaqt davomida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishga intilgan, biroq u buni rad etgan.
“Zelenskiy “o‘sha epizoddan uzoq davom etgan norozilik”ni his qildi va “hech bo‘lmaganda, ongsiz ravishda” Baydenni “boshdan kechirgan xo‘rligi, boshdan kechirgan siyosiy sharmandaligi uchun ayblagandek edi”, - deb yozadi nashr.
"Penguin Random House" ma’lumotlariga ko‘ra, kitob “o‘nlab yillar davomida Baydenni o‘rab olgan tor maslahatchilar doirasiga misli ko‘rilmagan kirish”ga asoslangan.
Shu bilan birga, sharhlovchilarning ta’kidlashicha, Foyer kitobda aniq iqtiboslar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbalarni keltirmaydi.
Yangiliklar lentasi
0